Sayt sinov rejimida ishlamoqda.

Informatika va energetika muammolari O‘zbekiston jurnali

Informatika va energetika muammolari O‘zbekiston jurnali

Umumiy ma’lumotlar

Jurnal nomi

Informatika va energetika muammolari O‘zbekiston jurnali

Tashkil etilgan sana

06 Yanvar 1992

Bir yildagi nashrlar soni

4

Jurnal muassisi

ENERGETIKA MUAMMOLARI INSTITUTI

Bosh muharrir

FOZILOV SHAVKAT XAYRULLAYEVICH

Mas’ul kotib

B.M. AZIMOV

Web-sayt

insoft.uz

Telefon raqami

+998 (90) 927-72-13

Elektron pochta

informatika-energetika@mail.ru

Jurnal tahririyati manzili

100173, Toshkent shahri, Foziltepa ko'chasi 22b

ISSN nashr

2010-7242

ISSN onlayn

-

Toifalar

Ilmiy jurnal

Jurnal tematikalari

Jurnalda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va energetika fan yo‘nalishlari bo‘yicha maqolalarini chop etadi.

WoS

-

Scopus

-

RINS

-

Jurnal haqida ma’lumot

Jurnal 2006-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligida roʻyxatdan oʻtkazildi. Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnomasi 0046. (ISSN-2010-7242)

Maqsad va vazifalar: Oʻzbekiston Respublikasida keng ko‘lamdagi raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va energetika sohalarida ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, doktorantlar va mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr qilinadi.

Tahririyat a’zolari

Bosh muharir: Sh.X. Fozilov

Bosh muharir oʻrinbosari: X.M. Muratov

Mas’ul kotib: B.M. Azimov

Mas’ul kotib: O.Z. Toirov

Tahririyat a’zolari:

F.T. Adilova

S.F. Amirov

R.A. Zaxidov

X.Z. Igamberdiyev

M.A. Ismailov

O.X. Ishnazarov

A.V. Kabbulov

M.M. Kamilov

A.R. Karpenko

N.M. Mirzayev

M.M. Musayev

V.N. Opanasenko

S.A. Sadullayev

V.V. Starovoytov

L.F. Sulyakova

G.N. Uzakov

S.S. Xalikov

R.X. Xamdamaov

A.A. Shavazov

Bosh muharrir haqida

Fozilov Shavkat Xayrullayevich

Professor, texnika fanlari doktori

Maqolalarni qabul qilish qoidalari

“Informatika va energetika muammolari” O‘zbekiston jurnalidagi maqolalar quyidagicha amalga oshiriladi:

Tahririyat maqolani elektron tizim orqali olgach, andozaga mosligi va antiplagiat bo‘yicha texnik tekshiruvdan o‘tkazadi. Zarur hollarda maqola rasmiy xatolarni tuzatish uchun muallifga qaytariladi.

Ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan maqola ikkita mustaqil taqrizchiga yuboriladi. Taqrizchilarni tanlash quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

-          maqola profili bo‘yicha yetarli darajadagi kompetentlikka egaligi;

-          manfaatlar to‘qnashuvining mavjud emasligi;

-          ekspertiza muddatlariga rioya qilish bo‘yicha ishonchliligi.

Taqriz asosida tahririyat quyidagicha qaror qabul qiladi:

-          ilmiy jihatdan nomaqbulligi sababli chop etishni rad etish;

-          maqola maqbul, ammo jiddiy qayta ishlashni talab qiladi;

-          maqola to‘liq tayyor, nashrga taqdim etish mumkin.

Maqolaning tuzatilgan varianti bilan ishlash jarayonida Tahririyat mualliflarning javoblarini tekshiradi, zarur hollarda maqolani qayta ko‘rib chiqish uchun uchinchi taqrizchiga yuboradi.

Tahririyat yakuniy qaror qabul qilishda yakuniy qarorni tasdiqlaydi va maqola qabul qilingan sanani qayd etadi.

Hozirgi kunda jurnal Tahririyatining asosiy maqsadi chop etilayotgan maqolalarning ilmiy saviyasi va sifati jihatdan Web of Science, Scopus bazalarida indeksatsiyalanadigan ilmiy nashrlarga qo‘yiladigan talablarga javob berishini ta’minlashga qaratilgan.