Sayt sinov rejimida ishlamoqda.

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi ilmiy salohiyatining asosini Fanlar akademiyasi – mamlakatning yetakchi ilmiy-tajriba markazi tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (O‘zR FA) O‘zbekistondagi eng yirik va muhim davlat ilmiy tashkilotidir. Fanlar akademiyasi tegishli ilmiy yo‘nalishlarda keng ko‘lamli fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi.

History

Fanlar akademiyasini tashkil etilishi va rivojlanishining qisqa tarixi

Fanlar akademiyasini tashkil etilishi va rivojlanishining qisqa tarixi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarixi ikki asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: - Sobiq SSSR davriga kiruvchi 48 yillik faoliyatni o‘z ichiga oluvchi institutsional shakllanishning dastlabki davri, imliy maktablarning yaratilishi, ilmiy kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasining shakllanishi; - O‘zbekistonning mustaqillik yillarida esa ilmiy-tadqiqotlarning yanada rivojlanishi, takomillashuvi va mamlakatimiz fanining sifat jihatida yangi bosqichga ko‘tarilish davri bo‘ldi.

Akademiya faoliyatiga e’tibor

O‘tgan o‘ttiz yildan ortiq vaqt mobaynida respublika akademik fani yangilanish va taraqqiyot yo‘liga tushdi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va hukumati tomonidan mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor tufaylidir.

History
History

Fanlar akademiyasining rivojlanish tarixi

Tarixan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini tashkil etish yo‘lidagi birinchi muhim qadam 1932-yil 4-oktabrda O‘zbekistonda o‘sha davrda allaqachon tashkil etilgan keng qamrovli ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘ini boshqarish va ularni ilmiy izlanishlari va amaliy ishlanmalarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublika Fanlar qo‘mitasining tashkil etilishi bo‘ldi. Keyinchalik, 1940-yil 9-yanvarda Respublika Fanlar qo‘mitasi Toshkent shahridagi SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filliali (FA O‘zF)ga aylantirildi. 1940-yillarning boshlariga kelib respublikada 19 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 23 ta ilmiy stansiyalar, 11 ta muzey va bir qator boshqa muassasalar faoliyat ko‘rsatar edi.