Sayt sinov rejimida ishlamoqda.

Nanotexnologiyalar va innovatsion materiallar: O‘zbekiston-Yaponiya ilmiy muloqoti

07.08.2026 / 17:01

Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida Yaponiyaning “Interactive Corporation” AJ vakili Tsunetaka Kawabe ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida polietilendan nanotolalar ishlab chiqarish texnologiyasi, ushbu yo‘nalishda qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalar, ularni xarid qilish imkoniyatlari hamda mazkur texnologiyadan institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatida foydalanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida tomonlar nanotexnologiyalar sohasining rivojlanish tendensiyalari, yangi avlod innovatsion materiallarini yaratish, mazkur yo‘nalishda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, institut va “Interactive Corporation” AJ o‘rtasida kelgusidagi ilmiy-texnik hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish hamda ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash va istiqbolda birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ushbu hamkorlik yangi ilmiy natijalar, innovatsion ishlanmalar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.